Videolarga qaytish
Bepul Dars English Grammar 23 ta ko'rilgan

Phrasal Verbs with Take

Dars haqida

πŸ–‹ PHRASAL VERBS — TAKE ✍️

Take ingliz tilidagi eng ko‘p ishlatiladigan fe’llardan biri bo‘lib, turli particle’lar bilan birikganda juda ko‘p yangi ma’nolarni hosil qiladi. Take off, take up, take over, take after, take in, take out kabi phrasal verb’lar kundalik English, Speaking va Listening’da juda ko‘p uchraydi.

Masalan, take off samolyotning havoga ko‘tarilishini yoki kiyimni yechishni bildirishi mumkin. Take up esa biror faoliyatni boshlash yoki joy egallash ma’nolarida ishlatiladi. Take over — nazoratni yoki boshqaruvni o‘z qo‘liga olmoq, take after — oila a’zosiga tashqi ko‘rinish yoki xarakter jihatidan o‘xshamoq, take in esa kontekstga qarab bir nechta turli ma’nolarda kelishi mumkin.

Shu sababli take + particle kombinatsiyasini ko‘rganingizda, uni so‘zma-so‘z tarjima qilish har doim ham to‘g‘ri natija bermaydi. Phrasal verb’ni yaxlit expression, uning ma’nosi va gapdagi vazifasi bilan birga o‘rganish kerak.

πŸ“Œ Yana bir muhim masala — separable va inseparable phrasal verbs. Separable phrasal verb’da object ayrim holatlarda verb va particle orasiga kelishi mumkin. Ayniqsa take something off → take off something va pronoun bilan ishlatilganda object’ning joylashuviga e’tibor berish kerak. Inseparable phrasal verb’larda esa verb va particle orasiga object qo‘yilmaydi.

πŸ“š 30+ Phrasal Verbs with TAKE orqali take bilan ishlatiladigan keng tarqalgan birikmalarning ma’nosi, grammatik tuzilishi, farqli qo‘llanish holatlari va real context’dagi ishlatilishini o‘rganamiz.

⚠️ Eng ko‘p uchraydigan xato — take so‘zining bitta asosiy ma’nosini bilib, barcha phrasal verb’larni shu ma’no asosida tushunishga urinish. Aslida particle o‘zgarganda ma’no ham keskin o‘zgarishi mumkin.